X.M.Аbdullaev nomidagi «Geologiya va geofizika instituti» DM

X.M. Abdullayev Geologiya va geofizika instituti yer qobig‘ining geologik tuzilishi va tarkibini o‘rganish bo‘yicha chuqur fundamental tadqiqotlar olib boradi.

Institut vazifalari

  • Yer qobig‘i geologik tuzilishi va tarkibining chuqur fundamental tadqiqotlarini olib borish, respublika hududining teran yer qa’ri tuzilishini kompleks o‘rganish va shu asosda uch o‘lchovli geologik-geofizik modellarni tuzish.
  • Geologik tadqiqotlar olib borish dasturlarining nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqish, hududlarning resurs salohiyatini baholash hamda geokimyoviy, geofizik va mineralogik tadqiqotlarning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, geologik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish, shuningdek foydali qazilmalarni qayta ishlashda ilg‘or texnologiyalarni tatbiq qilish.
  • Foydali qazilma konlarini geologik tahlil etish, prognoz qilish va izlash usullarini takomillashtirishga, geologik va geofizik tadqiqotlar sohasida ilg‘or xorijiy texnologiyalarni aprobatsiya qilish va amaliyotda joriy etishga qaratilgan amaliy tadqiqotlar, ishlanmalar va eksperimentlarni tizimli ravishda amalga oshirish.
  • Geologiya va geofizika sohasida chet el ilmiy muassasalari va markazlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy konferentsiyalar, seminarlar, qo‘shma tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning malaka oshirishi va o‘qishini tashkil qilish.
  • Geologiya va turdosh tarmoqlar sohasida xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etish.