«O‘zbek geologiya qidiruv» AJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5083-son qaroriga muvofiq, 2021 yil avgust oyida geologiya-qidiruv ishlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tashkil etildi.

Jamiyatning asosiy vazifalari:

  • sohaga zamonaviy va yuqori samarali uskunalarni, ilg‘or texnika va innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga geologiya sohasini modernizatsiya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish
  • geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish hamda xarajatlarni maqbullashtirish orqali xizmatlar tannarxini kamaytirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borish
  • zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish orqali faoliyatning operatsion samaradorligini oshirish
  • zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash hisobiga sohada bajariladigan ishlarning raqobatbardoshligini ta’minlash va geologiya-qidiruv ishlarini nafaqat respublika hududida, balki xorijiy davlatlarda, xalqaro tenderlar g‘olibi sifatida bajarish
  • hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadal amalga oshirish orqali respublika mineral-xom ashyo bazasi rivojlantirilishini ta’minlash.

Hududiy ekspeditsiyalar ( https://uzgeo.uz/territorial-subdivisions )
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi
Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi
Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi

https://uzgeo.uz/about