«Mineral Resurslar Instituti» Davlat Muassasasi

Institutning maqsadi yer qa’rini geologik o‘rganish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish, foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlarni ajratish, foydali qazilmalarni boyitish (qayta ishlash) bo‘yicha maqbul reglamentlarni ishlab chiqish bo‘yicha laboratoriya va texnologik tadqiqotlar kompleksini o‘tkazish va konsalting xizmatlari.

Tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari:

  • yer qa’rini kompleks ravishda mintaqaviy o‘rganish va zamonaviy ko‘p maqsadli geologik va bashorat-metallogenik xaritalarni tayyorlash, shu jumladan Yerni masofadan zondlashning zamonaviy usullari va texnologiyalaridan va GAT-texnologiyalaridan foydalanish
  • zamonaviy analitik uskunalar va dasturiy ta’minot yordamida qattiq foydali qazilmalar konlarini topish uchun istiqbolli bo‘lgan hududlarning potensialini baholash va yangi maydonlarni ajratish, foydali qazilma konlar ma’danlarining mineralogik tarkibini o‘rganish
  • mamlakatning rivojlanish dinamikasini tahlil qilish va mineral-xomashyo bazasini monitoring qilish
  • mineral xomashyoni kompleks qayta ishlash va qimmatbaho metallarni (oltin, uran, volьfram, noyob va noyob yer elementlari, marganes, temir, slanes va b.) qazib olishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tadbiq etish
  • nashriyot faoliyati (geologik jurnal, monografiyalar, kitoblar), yuqori malakali kadrlar tayyorlash (tayanch doktorantura, kadrlar malakasini oshirish).