Investorga
Respublika mineral xomasyo bazasini kengaytirish uchun investitsiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5083-sonli «Geologiya sohasiga investitsiyalarni faol jalb etish, tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish va respublika mineral-xomashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi qarori tasdiqlangan. Ushbu qarorga ko‘ra, o‘rganilganlik darajasi har xil bo‘lgan maydonlardan foydalanish huquqi, investitsion uchastkalarning blokli tizimi va kon to‘lovlarini amalga oshirish mexanizmlarinig o‘zgarishi ko‘zda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasi Tog’-kon sanoati va Geologiya Vazirligi, tarmoqlar va davlat hukumati organlari bilan birgalikda er qa’rini o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasi bo’yicha tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish strategiyasi haqidagi takliflarni ishlab chiqadi.
O‘zbekiston hamkorlik va investitsiya kiritish uchun noyob hudud hisoblanadi. Quyidagi omillar ishtirok etadilar:
- qulay investitsion muhit
- barqaror bo‘lgan investitsion qonunchilik
- majmuaviy Davlat qo‘llab-quvvatlashi va preferensiya
- rivoj topgan infrastruktura
- yuqori malakali mahalliy kadrlar
- ishchi kuchiga va energetik resurslarga nisbatan past narxlar.
Investorlar bilan hamkorlik olib boriladi, masala:
- B2 Gold (Сanada)
- JOGMEC (Japan)
- Orano Mining (Francе)
- MTA (Turkеy)
- Shindong Resources (Korea)
- KIGAM (Korea)
- Sabine Technology (Корея)
- UGMK (Russia)
- Lidya Calik (Turkey)
- Esan Eczacibasi (Turkеy)
- Ji An Tai International Industries (Republic of China)
- United States Geological Survey (USA)
- Geological Survey of Finland (Finland)
- Xi’an center of the Chinese geological survey (Republic of China)
Qo’shimcha ma’lumot: