«TOSHKENT METALLURGIYA ZAVODI» MChJ
2017-yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va xorijiy investor ishtirokida “Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida “Toshkent metallurgiya zavodi” MChJ QK tashkil etildi. Bu zavod O‘zbekistondagi eng yirik va zamonaviy sanoat korxonalaridan biriga aylandi.
Zavod qurilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad iste’mol bozorini qo‘shni va uzoq xorijdagi ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlasha oladigan yuqori sifatli import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan ta’minlashdan iborat edi. Bu, o‘z navbatida, qurilish, sanoat va boshqa ishlab chiqarish sohalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘z xarajatlarini va narxlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
TMZ ishga tushirilishiga start berildi
4 dekabr, 2020 yil Respublikamiz metallurgiya sanoati uchun muhim voqea bo‘ldi. Aynan shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. Toshkent metallurgiya zavodini ishlab chiqarishni boshlashga start berdi.
Asosiy maqsadi korxonaning
Metall mahsulotlari iste’molchilari bozorini import o‘rnini bosuvchi, yaqin va uzoq xorij ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlasha oladigan yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash. Bu, o‘z navbatida, mahalliy qurilish, sanoat va boshqa tarmoqlar ishlab chiqaruvchilariga o‘z xarajatlarini va narxlarini jiddiy ravishda pasaytirish imkonini beradi.