O’zbekiston Respublikasi Tog’-Kon sanoati va geologiya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyundagi PF-116-son qaroriga muvofiq “Maʼmuriy islohotlar doirasida konchilik va geologiya sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Konchilik sanoati va geologiya vazirligi tashkil etildi.

Quyidagilar Davlat geologiya qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish borasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaxirasi o‘sishini ta’minlash va joylarda sanoatning yangi quvvatlari yaratilishini inobatga olib iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-xomashyo bazasini qayta to‘ldirish;
  • geologik o‘rganish va foydali qazilmalar konlarini sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish sohasida faol investitsiya siyosatini yuritish va qulay investitsiya iqlimi yaratish;
  • raqobatbardosh mahsulotlar bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun birinchi navbatda respublika hududlarida sanoatda faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqlarning xomashyo manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning uzoq muddatli, o‘rtacha muddatli va yillik davlat dasturlari monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini ta’minlash, yer qa’rini geologik o‘rganish metodikasini o‘rganish natijalari hajmi, sifati va ishonchliligini xolisona baholash;
  • yer qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish (shu jumladan, mineral, termal, sanoat yer osti suvlari), mineral xomashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik ta’minlashda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
  • unumdorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy geologiya-qidiruv asbob-uskunalarini tezkor joriy qilish, ilg‘or texnika va innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlash hisobiga geologiya tarmog‘ini modernizatsiyalash bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • geologiya sohasi uchun oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish, shuningdek, mehnatini rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish;
  • geologik o’rganishlar ko‘lamini tubdan kengaytirish, sohaga xususiy investorlar va yetakchi xorijiy kompaniyalarni keng jalb etish.