Geologik tashkilotlar

Davlat geologiya qo’mitasi geologik-qidiruv ishlarida zamonaviy ilmiy asosdagi texnologik va uskunalarni tadbiqet ishni muntazam ravishda amalga oshiradi, shuningdek Davlat geologiya qo‘mitasini tarmoqosti korxonalari va tashkilotlarini modernlashtirish va texnik jixatdan qayta qurollantirish bo‘yicha o‘z vaqtida chora tadbirlar qo‘llaydi.

Davlat geologiya qo‘mitasi, regional geologik tadqiqotlar va amaldagi xaritaviy asoslarni davlat geologik tasvirlash va boshqa tadqiqotlar natijalari bilan yangilanganlik darajasini inobatga olgan holda,  O‘zbekiston hududlarini geologik o‘rganilganligining taxlilini o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5083-sonli «Geologiya sohasiga investitsiyalarni faol jalb qilish, sanoat korxonalarini o‘zgartirish va respublikaning mineral-xomashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Farmoni bilan, muvofiqlikda, respublika mineral – xomashyo bazasini ishlab chiqish va ko‘paytirish bo‘yicha davlat dasturlari doirasida geologik – qidiruv ishlariga xizmat ko‘rsatish maqsadida «O‘zbekgeologiyaqidiruv» OAJ tashkil etildi.