“O‘zbekko‘mir” AJ
“O‘zbekko‘mir” AJ huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21 iyundagi 290-sonli Qaroriga muvofiq, 1994 yilda SSSR ko‘mir sanoati vazirligining “Sredazugol” ishlab chiqarish birlashmasi negizida tashkil qilingan “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasidan qayta tashkil qilish orqali belgilangan.
Asosiy faoliyat
- O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘mir va oqgil (kaolin) qazib olish
- Konlarga ochiq va yerosti usullarida ishlov berish
- Bugungi kunda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yiliga 6,0 mln tonna atrofida ko‘mir qazib olinmoqda. Elektr-energetika sektori ko‘mir yonilg‘isining asosiy iste’molchisi bo‘lib, umumiy ko‘mir iste’molining 85 foizidan ortig‘i ushbu tarmoq hissasiga to‘g‘ri keladi. Sanoat korxonalari, ijtimoiy va kommunal xo‘jalik sohasi, aholi ham qattiq yonilg‘iga talabni yuzaga keltiradi
- Ichki bozorda elektr energiyani ishlab chiqarishda foydalaniladigan tabiiy gaz va neft mahsulotlari kabi energetik resurslar o‘rniga ishlatish maqsadga muvofiqligi, O‘zbekiston energetik balansi tarkibida ko‘mir ulushining oshirilishi ko‘mir sanoati ustuvor rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi
O’zbekiston Respublikasi hududida ko’mir qazib olish quyidagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi:
- “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati (“O‘zbekko‘mir” AJ) – “Angren” va “Apartak” konlaridan ochiq usulda, “Yerosti ishlari” filialida shaxta usulida qo‘ng‘ir ko‘mir qazib oladi.
- “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyati (“Sharg‘unko‘mir” AJ) – Sharg‘un va Boysun toshko‘mir konlari: qazib olingan ko‘mirni qisman toshko‘mirga qayta ishlash orqali yerosti usulida qazib oladi.
- “Yerostigaz” aksiyadorlik jamiyati (“Erostigaz” AJ) – Angren ko‘mir havzasidan yoqilg‘ini yerosti gazga aylantirish usulida qazib oladi.