Geologiya fanlari universiteti

Geologiya fanlari universiteti (GFU) O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 8 iyundagi PK-4740 farmoniga asosan Toshkent shahrida tashkil topgan. Bu yerda o‘tiladigan yo‘nalishlar mamlakat rivoji uchun muhim hisoblangan yo‘nalishlar qatoriga kiradi. Ushbu OTMsi tog‘-kon, qayta ishlash va gaz qazib olish yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lib, zamonviy standartlar, dunyo tajribasi asosida, shu jumladan Sankt-Peterburg tog‘-kon universiteti asosida tashkil qilingan. Universitet tarkibiga:

  • Mineral resurslar instituti;
  • X.M.Abdullayev nomidagi geologiya va geofizika instituti;
  • Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti;
  • Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti;
  • Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti kiradi.

Geologiya fanlari universiteti tarkibiga 560 nafar ilmiy xodimlar, shu jumladan 31 ta fan doktorlari va 59 ta fanlar nomzodlari faoliyat olib baradi.

Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil etilishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamsining 2021 yil 24 noyabrdagi 710-son qarori qabul qilingan hamda qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosi to‘liq amalga oshirilib kelinmoqda.

Geologiya fanlari universiteti Tomsk Davlat universiteti bilan respublikamizning geologiya sohasiga yuqori malakali, iqtidorli mutaxassislarini tayyorlash maqsadida «1+1» qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha bitim imzolandi.

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) bilan Geologiya fanlari universitetining «Geologiya (Geofizika)» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «2+2» qushma ta’lim dasturini amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolangan.

https://uzgeouniver.uz/uz