«O‘zbekgidrogeologiya» DM

Korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishilari:

  • Respublikaning barcha hududlarida yer osti suvlari zaxiralarini koʻpaytirish va ularni monitoringini taʼminlash hamda gidrogeologik muxandislik geologiyasi va geoekologik ishlarni olib borish, belgilangan geologiyaga oid topshiriqlarning bajarilishini taʼminlash
  • chuchuk, kam shoʻrlangan, shoʻr, mineral, termal va sanoat yer osti suvlari konlarini hamda gidromineral xomashyo maʼnbalarini izlash, baxolash va qidirib chamalash maqsadida yer qaʼrini geologik va gidrogeologik jixatdan oʻrganish boʻyicha kompleks tizimli tadqiqotlar oʻtkazish, yer osti suvlari davlat monitoringini, regional gidrogeolgik va muxandislik geologik, geoekologik izlanish, tasvirlash va xaritalash ishlarini olib borish
  • respublika xalq xoʻjaligi extiyojini gidrogeologiya va muxandislik-geologiyasi xizmati bilan taʼminlash
  • ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi, yongʻin va yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari, sanitariya va ekologik meʼyorlar borasida belgilangan talablarga rioya etilishini taʼminlash
  • atrof muhitni muhofaza qilish, yerlarni rekultivatsiyalash boʻyicha chora – tadbirlarni amalga oshirash
  • yer osti suvlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, shuningdek yer osti suvlarini gidrogeologik jihatdan oʻrganishga oid asosiy talablarga rioya qilish
  • foydali qazilmalarni asossiz ravishda yoʻqotilishi va ular sifatining pasayib ketishiga barham beruvchi usullar yordamida geologiya – qidiruv ishlarini olib boradi
  • samarali kadrlar siyosatini yuritadi, kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil qiladi;
  • davlat sirini tashkil qiluvchi maxfiylik tartibini va maʼlumotlarni saqlanishini taʼminlashga doir chora – tadbirlarni amalga oshiradi, tijorat sirini tashkil kiluvchi maʼlumotlar tarkibi, hajmi va ularni muhofazalash tartibini belgilaydi

Batafsil ma’lumot  http://hydrogeology.uz/