O`zbekiston Respublikasi Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi
O`zbekiston Davlat Geologiya Qo`mitasi (Davgeolqo`m) 1991 yil 12 fevraldan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan № PQ-142-sonli qaroriga binoan tashkil qilingan va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.04.2018 yildagi 315-sonli Qaroriga muvofiq “O`zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi to`g`risida Nizom”i tasdiqlanishiga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari bo‘lib:
- yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, joylarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni hisobga olgan holda foydali qazilmalar zaxiralarini ko’paytirishni hamda iqtisodiyot sohalarining mineral xom ashyo bazasini qayta to‘ldirishni ta’minlash;
- foydali qazilma konlarini geologik o‘rganish va sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish sohasida faol investitsiya siyosatini yuritish va qulay investitsiyaviy muhitni yaratish;
- Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun birinchi navbatda, respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan sanoat sohalarining xom ashyo manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlash.