O’zbekiston geologik tarixi
O‘rta Osiyoning geologiyasini tizimli o‘rganishning boshlanishi XIX asrning 60 yillariga to‘g‘ri keladi. Bunda Turkiston o’lkasini birinchi geologik xaritalari va foydali qazilmalarini joylashish sxemalari tuzilgan.
XX asrning 20 yillaridan boshlab yangidan tashkil qilingan O‘rta Osiyo Davlat Universitetida (hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini) geolog profilidagi mutaxassislarni tayyorlash boshlab yuborildi.
1926 yilda Geologiya qo‘mitasining O‘rta Osiyo bo‘limi tashkil etildi va u 1930 yilda O‘rtaosiyo regional geologik-qidiruv bosh-qarmasi sifatida qayta tashkil etildi.
1937 yilda O‘rtaosiyo geologiya tresti, 1938 yilda esa O‘zbek geologiya bosh-qarmasi yaratiIdi.
O‘zbek geologik boshqarmasi 1941-1945 yil-lardan yoqilg‘i-energetik va strategik xomashyo izlash va qidirib chamalashga maqsadli yo‘naltirilgan ishlar olib boradi.
1946-1957 yillarda kuchaytirilgan geologik tadqiqotlar o‘tkazildi, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun neft, gaz, kamyob va asl metallar va keng spektrdagi noma’dan foydali qazilmalarni izlash va qidirib chamalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar tashkil qilindi.
1957- yilda turli vazirliklar va tarmoqlarni geologik xizmatlari birlashtirildi va ularni negizida Vazirlar Kengashi huzuridagi geologiya va yer qa’rini muhofazalash Bosh boshqarmasi tashkil etildi.
1991 yilni 12 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-142 sonli qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi tashkil qilindi.
1994 yilning 23 sentyabrida O‘’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Yer haqida”gi Qonuni qabul qilindi, 2002 yilning 13 dekabrida esa uning yangi tahriri tasdiqlandi.